Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Germaniya Rossiyaning diversiya va gibrid hujumlariga qarshi yangi himoya rejasini tayyorlamoqda

Germaniya Rossiyaning diversiya va gibrid hujumlariga qarshi yangi himoya rejasini tayyorlamoqda

Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksander Dobrindt Leypsig/Galle aeroportiga portlovchi modda ortilgan dron orqali qilingan hujumdan so‘ng mamlakatni Rossiya tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan diversiyalardan himoya qilish chora-tadbirlari majmuini tayyorlamoqda.

«Portlovchi moddalar ortilgan dronlar, shaharlarimizdagi agentlar, kiberhujumlar va infratuzilmaga sabotaj orqali amalga oshirilayotgan Rossiyaning gibrid hujumlari kundalik voqelikka aylandi. Ularning soni yana ortadi, ammo biz o‘zimizni himoya qila olamiz», — dedi u BILD nashriga.

Rejaga ko‘ra, dronlarga qarshi kurashadigan Germaniya federal polisiyasining ko‘chma bo‘linmalari kengaytiriladi. Ularni Berlin, Frankfurt, Myunxen, Gamburg, Kyoln va Leypsig kabi to‘qqizta muhim shaharda joylashtirish rejalashtirilmoqda. Ularning vazifasi aeroportlar, vokzallar, hukumat kvartali va boshqa muhim ob’ektlarni himoya qilish, shuningdek, portlovchi moddalar ortilgan dronlarni zararsizlantirishdan iborat bo‘ladi.

Elektr stansiyalari, suv ta’minoti korxonalari va mudofaa sanoati ob’ektlari kabi muhim infratuzilma kompaniyalariga ham dronlarni nafaqat aniqlash, balki ularni mustaqil ravishda zararsizlantirish huquqini berish taklif qilinmoqda.

Bundan tashqari, hokimiyat gumonlanuvchilar, qurol-yarog‘ va ehtimoliy xavfli xatti-harakatlarni aniqlash uchun sun’iy intellekt, biometrik yuzni tanish texnologiyalari va videokuzatuv tizimlaridan kengroq foydalanishni rejalashtirmoqda.

Alohida ravishda milliy «kiberqalqon» yaratish ham rejalashtirilmoqda. U davlat idoralari va kompaniyalarga qarshi kiberhujumlarni aniqlash va bloklashga mo‘ljallangan raqamli sensorlar tarmog‘idan iborat bo‘ladi.

Kiritildi: 20:55 06.09.2026. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!