Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Germaniya qishgacha gaz zaxiralarini to‘ldirishga ulgurmayapti

Germaniya qishgacha gaz zaxiralarini to‘ldirishga ulgurmayapti

Germaniyadagi gaz omborlari taxminan 62 foizga to‘ldirilgan. Bu infratuzilma operatorlari uchun isitish mavsumi boshlanishidan oldin belgilangan 80 foizlik maqsadli ko‘rsatkichdan ancha past.

Bu haqda Financial Times nashri yozmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi umuman olganda qish mavsumiga tarixiy me’yorlardan ancha kam gaz zaxirasi bilan kirib boradi. Xususan, ittifoq mamlakatlari bo‘ylab gaz omborlarining to‘ldirilish darajasi 75 foizdan ham kam.

Germaniya Yevropa Ittifoqida gazning eng yirik iste’molchisi va eng katta gaz omborlariga ega davlat hisoblanadi. Shu bois Berlinning gaz xarid qilishga bo‘lgan ehtiyoji boshqa mamlakatlarda ham narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin, deb yozadi nashr.

Oktyabr oyida Politico gazetasi Yevropa Ittifoqi kelayotgan qishda gazning eng yirik taqchilligiga — 14 milliard kub metrgacha yetishmovchilikka duch kelishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. O‘sha paytda Yevropa gaz omborlari atigi 72 foizga to‘ldirilgani aytilgan.

Avvalroq global energetika bozoridagi beqarorlik tufayli Yevropani qimmat qish kutishi mumkinligi bashorat qilingan edi.

Kiritildi: Bugun 17:20. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!