Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan tinchlik muzokaralari doirasidagi so‘nggi voqealarni muhokama qiladi.
Germaniya hukumati rasmiy vakili Shtefan Korneliusning ma’lum qilishicha, 15 dekabr, dushanba kuni kansler Mers Zelenskiy bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi. Muzokaralar asosan Ukrainaga iqtisodiy ko‘mak va so‘nggi diplomatik tashabbuslarga bag‘ishlanadi.
Uning aytishicha, kechki paytda muzokaralarga Yevropa davlatlari rahbarlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va NATOning yuqori lavozimli vakillari ham qo‘shiladi.