Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksander Dobrindt mamlakatda sodir bo‘lgan tartibsizliklarda so‘l radikallar va ekstremistlarni aybladi.
Bu haqda Germaniya ichki ishlar vaziri Bild gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Polisiya xodimlarimizning fidokorona mehnati tufayli zo‘ravonlik avj olishining oldi olindi. Polisiya tomonidan tanlangan — kuchlarni keng ko‘lamda safarbar etish va ularni hududlar bo‘yicha markazlashmagan tarzda joylashtirish strategiyasi o‘z samarasini berdi», — dedi Dobrindt.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kechagi norozilik namoyishlari nisbatan tinch o‘tayotgan edi, biroq zo‘ravonlikka moyil so‘l guruhlar va migrantlar muhitidagi ekstremistlar tartibsizliklarni boshlab bergan. Vazir qonunbuzarlar aniqlanishi va javobgarlikka tortilishini ta’kidladi.
«Jamoat tartibini bunday buzganlik uchun qat’iy jazo choralari qo‘llanilishi kerak», — deya ta’kidladi u.
Eslatib o‘tamiz, 31 oktyabr kuni Germaniyaning Berlin, Gamburg, Kyoln, Myunxen, Frankfurt-na-Mayne, Shtutgart kabi shaharlarini ham qo‘shib hisoblaganda, 30 dan ortiq shahrida hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tgan.