Bu haqda Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Sergey Shoygu Moskvada Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan maslahatlashuvlar paytida ma’lum qildi.
"Rossiya va Xitoy munosabatlarining misli ko‘rilmagan darajaga yetganidan G‘arbda hamma mamnun emas", dedi Shoygu.
Van I ma’lum qilishiga ko‘ra, ikki davlat orasida o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha "soatlarni sinxronlashtirish” tor doirada to‘liq va puxta amalga oshirilgan.