Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

G‘azoda qariyb uch yildan so‘ng 105 nafar falastinlikning jasadi dafn etildi

G‘azoda qariyb uch yildan so‘ng 105 nafar falastinlikning jasadi dafn etildi

1 oktyabr kuni G‘azo shahrida Isroil aviasiya zarbalari oqibatida halok bo‘lgan 105 nafar falastinlikning jasadi ommaviy ravishda dafn etildi.

Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlar 2023 yil 25 oktyabr kuni G‘azo shahrining Al-Yarmuk hududiga berilgan zarbalar oqibatida halok bo‘lgan. Ularning jasadlari Al-Taj mahallasida vayron bo‘lgan 16 ta turar joy binosi xarobalari ostidan olib chiqilgan.

Falastin Fuqaro mudofaasi ma’lumotlariga ko‘ra, topilgan jasadlar orasida 37 nafar bola va 38 nafar ayol bor.

Mahalliy hokimiyat vakillari dastlabki qidiruv ishlari vaqtida ko‘plab qurbonlarning jasadlarini vayronalar ostidagi og‘ir sharoit va maxsus texnika yetishmasligi sababli olib chiqishning imkoni bo‘lmaganini bildirgan.

Jasadlar topilgandan so‘ng marhumlarning oilalari ular bilan vidolashgan. Keyin jasadlar Shayx Ridvon qabristoniga olib borilib, u yerda jamoaviy janoza namozi o‘qilib, dafn marosimi o‘tkazilgan.

Ko‘plab oilalar uchun bu yaqinlari halok bo‘lganidan qariyb uch yil o‘tib amalga oshirilgan ilk vidolashuv bo‘lgan.

G‘azo Fuqaro mudofaasi ma’lumotlariga ko‘ra, sektor bo‘ylab vayron bo‘lgan binolar xarobalari ostida hanuz minglab marhumlarning jasadlari qolib ketgan.

Kiritildi: 21:40 06.10.2026. O'qildi: 389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!