Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«G‘azalkent» — «Respublika FA» o‘yinida futbolchilar o‘rtasida janjal chiqdi

«G‘azalkent» — «Respublika FA» o‘yinida futbolchilar o‘rtasida janjal chiqdi

O‘zbekiston Proligasining 26-turidan o‘rin olgan «G‘azalkent» va «Respublika FA» o‘rtasidagi uchrashuvda futbolchilar ishtirokida janjal yuzaga keldi.

9 noyabr kuni o‘tkazilgan va mehmonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bahs davomida ikki jamoa vakillari o‘rtasida keskin tortishuv sodir bo‘ldi.

Vaziyatga stadiondagi xavfsizlik xodimlari aralashib, tartibsizlikni tezda bartaraf etdi. Uchrashuv komissari ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.

Mazkur holat Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan o‘rganiladi. Janjalga sababchi bo‘lgan va unda qatnashgan futbolchilar hamda rasmiy shaxslarning harakatlariga baho beriladi.

Zarurat tug‘ilsa, ish huquqiy baho berish uchun vakolatli organlarga yuborilishi mumkin.

Kiritildi: 05:58 10.11.2026. O'qildi: 840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik