Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

G‘arbiy sohilda minglab hujumlar va uy-joylar buzilishi: vaziyat qanday?

G‘arbiy sohilda minglab hujumlar va uy-joylar buzilishi: vaziyat qanday?

2025 yil 1 yanvardan buyon Isroil kuchlari va noqonuniy ko‘chmanchilar Falastinning ishg‘ol qilingan G‘arbiy sohili hududida 3250 dan ortiq hujum sodir etgan. Buning oqibatida o‘n minglab odamlar o‘z uy-joyini tark etishga majbur bo‘lgan, minglab falastinliklarning uylari va boshqa inshootlari buzilgan.

Falastin tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, G‘arbiy sohildagi falastinliklarga qarshi hujumlar Isroil 2023 yil oktyabrda G‘azo sektorida harbiy amaliyotlarni boshlaganidan so‘ng yanada kuchaygan.

Ko‘chmanchilar zo‘ravonligi asosan falastinliklar, ularning mol-mulki va tirikchilik manbalariga qaratilgan. Bu jarayon Isroil armiyasining muntazam reydlari va harbiy operasiyalari bilan bir vaqtda davom etmoqda.

Falastin tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, ishg‘ol qilingan G‘arbiy sohil bo‘ylab 141 ta noqonuniy aholi punkti va 224 ta noqonuniy avanpostda qariyb 750 ming nafar isroillik ko‘chmanchi istiqomat qiladi. Ulardan 250 mingga yaqini ishg‘ol qilingan Sharqiy Quddusdagi 15 ta noqonuniy aholi punktida yashaydi.

Kiritildi: 19:00 06.09.2026. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!