«Galatasaroy» Turkiya Superligasining 9-turida o‘z maydonida «Fenerbaxche»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Biroq yakuniy hakam hushtagidan so‘ng maydonda mushtlashuv sodir bo‘ldi.
Bu haqda Turkiya ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mojaro «Fenerbaxche» futbolchisi Archi Braun va «Galatasaroy» himoyachisi Abdulkerim Bardakchi o‘rtasidagi bahsdan boshlangan. Keyinchalik og‘zaki tortishuv jismoniy to‘qnashuvga aylangan.
Voqeaga aralashgan polisiya xodimlari futbolchilarni ajratib, vaziyatni tinchlantirishga yordam bergan.
Hodisa natijasida har ikki futbolchi ham sportga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari uchun qizil kartochka bilan jazolangan.