Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xitoyda ikki oila yer chegarasi uchun 200 yil davomida bahslashdi: sud ishga nuqta qo‘ydi (foto)

Xitoyda ikki oila yer chegarasi uchun 200 yil davomida bahslashdi: sud ishga nuqta qo‘ydi (foto)

Xitoyda ikki oila o‘rtasidagi yer uchastkalari chegarasi bo‘yicha nizo ikki asr davomida davom etdi. Yaqinda Sian shahridagi sud ushbu ishga nihoyat nuqta qo‘ydi.

South China Morning Post gazetasi xabar berishicha, Du va Chjan oilalari uzoq yillar davomida uylari o‘rtasidagi chegara yuzasidan bahslashib kelgan.

Yaqinda Du oilasi oshxonani ta’mirlash va devorni balandlatishga qaror qilgan. Biroq qo‘shnilar bu ishga qarshilik bildirib, yorug‘lik tushishi va suv oqizish tizimi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishini aytgan. Natijada janjallar ba’zan mushtlashuvlarga ham aylangan.

Polisiya va qishloq qo‘mitasi nizoni hal qilish uchun o‘nlab marta urinib ko‘rgan, ammo bu harakatlar samara bermagan.

Yarashtirishga qaratilgan urinishlardan birida Chjan oilasi kutilmagan hujjatni taqdim etgan. Bu Syanlun imperatorining hukmronligi davridagi 46-yilga tegishli yer kelishuvi bo‘lgan. Sarg‘aygan sahifada qo‘lyozma matn saqlanib qolgan.

Chjan oilasining aytishicha, mazkur hujjat ikki oila o‘rtasida tuzilgan shartnoma bo‘lib, hovlidagi xurmo daraxti bilan belgilangan yer chegarasini aniq belgilab bergan.

Shundan so‘ng mahalliy hokimiyat vakillari nizo 200 yildan ortiq vaqtdan beri davom etib kelayotganini anglagan. Bu davr mobaynida har ikki oilaning bir necha avlodi yer chegarasi sababli qayta-qayta nizolashgan. Jumladan, 1949 yilda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilganidan ko‘p o‘tmay ham bu masala yuzasidan kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.

Biroq sud chegarani faqat eski hujjat asosida belgilash bilan cheklanmagan. Mutasaddilar joyida o‘lchov ishlarini o‘tkazib, har ikki oila manfaatlariga mos keladigan ta’mirlash rejasini ishlab chiqqan.

Shu tariqa, ikki asrdan ortiq davom etgan nizoni hal qilishga erishilgan.

Xitoyda ikki oila yer chegarasi uchun 200 yil davomida bahslashdi: sud ishga nuqta qo‘ydi (foto)

Xitoyda ikki oila yer chegarasi uchun 200 yil davomida bahslashdi: sud ishga nuqta qo‘ydi (foto)

Xitoyda ikki oila yer chegarasi uchun 200 yil davomida bahslashdi: sud ishga nuqta qo‘ydi (foto)

Xitoyda ikki oila yer chegarasi uchun 200 yil davomida bahslashdi: sud ishga nuqta qo‘ydi (foto)

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!