Iordaniya harbiy-havo kuchlarining Suriya janubidagi Daraa viloyatining bir nechta hududiga bergan havo zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni yetti nafarga yetdi.
SANA axborot agentligi xabar berishicha, bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zarbalar oqibatida yana uch kishi jarohatlangan.
«Hujumlar natijasida uch nafar bola, bir ayol va uch nafar erkak, jumladan, bir keksa kishi halok bo‘ldi. Jarohatlanganlar orasida ikki nafar erkak va bir bola bor», — deya mansabdor shaxsning so‘zlarini keltiradi nashr.
Havo zarbalari Al-Musammiya hududidagi At-Taf mavzesida, shuningdek, Nasib va Muzayrib aholi punktlari atrofidagi ob’ektlarga berilgan.
Suriya rasmiylari tinch aholi, jumladan, bolalar jabrlangan havo zarbalari Damashq bilan oldindan kelishilmaganini bildirdi.
Suriya Tashqi ishlar vazirligi esa Iordaniya tomoniga Suriya hududida harbiy operasiyalarni oldindan muvofiqlashtirmasdan o‘tkazgani uchun qat’iy norozilik bildirilganini ma’lum qildi.