Rim statutiga a’zo davlatlar Assambleyasining navbatdan tashqari yig‘ilishida 125 ta mamlakatdan 82 tasi iste’fo uchun ovoz berdi, deb xabar bermoqda Reuters va Associated Press agentliklari manbalarga tayanib. Bu Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi tarixida bosh prokurorning o‘z lavozimidan chetlatilishi bilan bog‘liq birinchi holatdir. 56 yoshli britaniyalik huquqshunos jinsiy tegajog‘lik va mansab vakolatlarini suiste’mol qilishda ayblanishi sababli ikki oy muqaddam, iyun oyida vaqtincha vazifasidan chetlatilgan edi. Xon barcha ayblovlarni rad etmoqda va o‘z aybsizligini ta’kidlamoqda.
Sudning sobiq xodimasining prokurorning nojo‘ya xatti-harakatlari haqidagi bayonotlari surishtiruvga sabab bo‘ldi. XJS nazorat organlari gap jiddiy intizomiy qoidabuzarlik haqida ketayotganini ta’kidladi, ammo Xonning o‘zi va uning tarafdorlari bu jarayonni siyosiy motivlarga ega deb atadi.
So‘nggi yillarda Karim Xon bir qator dunyo yetakchilarini, jumladan 2023 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni va 2024 yilda Icroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olishga order berganidan keyin diqqat markaziga tushgan edi. Endi a’zo mamlakatlar XJS prokuraturasining yangi rahbarini tayinlash masalasini hal qilishlari kerak bo‘ladi.