G7 davlatlari yetakchilari Kiyevni qo‘llab-quvvatlash va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni kelishib oldilar.
Uchrashuv ishtirokchilari Rossiya mudofaa-sanoat majmuasi va harbiy iqtisodiyotiga bosimni oshirish, bunda asosiy e’tiborni neft va gaz sektoridagi cheklovlarga qaratish majburiyatini oldilar", — deyiladi davlatlarning qo‘shma bayonotida.
Sammit ishtirokchilari neft va gaz sektoriga qarshi qo‘shimcha choralar joriy etish uchun ayni paytda eng qulay vaqt kelganini ta’kidladilar. AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish to‘g‘risidagi kelishuvning imzolanishi bunga asosiy sabab bo‘ldi.