Rossiya sud hujjatlariga ko‘ra, FXX (Federasiya xavfsizlik xizmati) xodimlari chegarada O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarining telefonlari, messenjerlardagi yozishmalari va o‘chirilgan xabarlarini tekshirmoqda.
Jurnalistlar aniqlagan to‘qqizta sud ishida ayrim fuqarolarga Rossiyaga kirish rad etilgan. Bunga taqiqlangan diniy arboblar va’zlarini ko‘rish va messenjerlardagi o‘chirilgan yozishmalar ham asos qilib ko‘rsatilgan.
Hatto bir fuqaroga tugmachali telefon ko‘rsatganidan keyin ham mamlakatga kirishga ruxsat berilmagan.