Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Futbolda yangi qoida paydo bo‘lishi kutilmoqda: Vaqt cho‘zuvchilar uchun jazo

Futbolda yangi qoida paydo bo‘lishi kutilmoqda: Vaqt cho‘zuvchilar uchun jazo

FIFA o‘yin sur’atining pasayishi va vaqt cho‘zish holatlariga qarshi kurashish doirasida yangi qoida joriy etishni taklif qilmoqda. FIFAning fikricha, tibbiy yordam olgan futbolchilar maydonni tark etgach, bir daqiqa davomida o‘yinga qaytmasliklari kerak. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Ushbu qoida kuchga kirishi uchun u Xalqaro futbol assosiasiyalari kengashi (IFAB) tomonidan ma’qullanishi lozim. Aynan mana shu organ futbol qoidalarini tartibga soladi.

Hozirgi vaqtda bu borada aniq qoidalar mavjud emas va har bir liga o‘z tavsiyalarini belgilaydi. Masalan, APLda 2023/2024 yilgi mavsumdan boshlab tibbiy yordam olgan futbolchi maydondan tashqarida 30 soniya vaqt o‘tkazadi.

Avvalroq FIFA bu kabi qoidani Arab millatlari kubogida sinovdan o‘tkazgan edi. O‘shanda tibbiy yordamdan so‘ng futbolchilar ikki daqiqa davomida maydon tashqarisida qolishi majburiy etib belgilangandi.

Kiritildi: Bugun 19:11. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!