Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Futbol. O‘zbekiston Fransiyaga kichik hisobda yutqazib qo‘ydi (video)

Futbol. O‘zbekiston Fransiyaga kichik hisobda yutqazib qo‘ydi (video)

O‘zbekiston olimpiya jamoasi Orlean shahrida Fransiya U-23 termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Uchrashuv viziqarli tarzda o‘tdi.

Birinchi bo‘lim:
O‘yin yuqori sur’atda boshlandi. Fransuzlar to‘pni ko‘proq nazorat qilar ekan, 30-daqiqada ular foydasiga penalti belgilandi. 31-daqiqada Jan-Matteo Baxoya penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi — 1:0.

39-daqiqada esa O‘zbekiston jamoasi penalti ishlab oldi, ammo VAR orqali epizod ko‘rib chiqilib, qaror bekor qilindi. Tanaffusgacha bo‘lgan vaqtda boshqa jiddiy vaziyatlar kuzatilmadi va birinchi taym 1:0 hisobi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim:
Ikkinchi taym boshlanishi bilanoq jamoamiz faol harakatlarga o‘tdi. 47-daqiqada Nodir Abdurazzoqov olis masofadan zarba yo‘lladi va to‘pni darvozadan joylab, hisobni tenglashtirdi — 1:1.

O‘yin o‘rtasida har ikki jamoa bir necha almashinuvlar amalga oshirdi. 78-daqiqada Oboderning zarbasi Fransiyani yana oldinga olib chiqdi — 2:1.

Qolgan daqiqalarda O‘zbekiston jamoasi hisobni tenglashtirishga urinib ko‘rdi, biroq yakuniy zarbalar samarasiz chiqdi.

U-23 Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
Fransiya - O‘zbekiston - 2:1
Gollar:
Jan-Matteo Baxoya (31'), Nodir Abdurazzoqov (47'), Oboder (78')
O‘zbekiston: Boymurodov, Po‘latov, Abdumajidov, O‘rozov, Xolmurodov, Esanov, O‘rinboyev, Ortiqboyev, Abdurazzoqov, Mahamadjonov, Ahadov
Zaxiradagi futbolchilar: Nemanov, Mustafoqulov, Xayrullayev, Soipov, Jumayev, Mavlonqulov, To‘xsanov, O‘rmonjonov, Turdimurodov, Abdurahmonov
Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov

Kiritildi: 06:53 05.06.2025. O'qildi: 1063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!