Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Futbol qoidalarida inqilobiy o‘zgarishlar kutilmoqda!

Futbol qoidalarida inqilobiy o‘zgarishlar kutilmoqda!

​IFAB (Futbol qoidalarini tartibga soluvchi tashkilot) Londondagi yig‘ilishida bir qator yangiliklarni muhokama qildi. Ushbu qoidalar 28 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Bosh Assambleyada rasman tasdiqlanishi kutilmoqda.

Kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar:

VAR va burchak to‘plari: Endi VAR hakamlari noto‘g‘ri belgilangan burchak to‘plarini tuzatish huquqiga ega bo‘ladi.

Ikkinchi sariq kartochka: VAR xato berilgan va qizil kartochkaga sabab bo‘lgan (ikkinchi) sariq kartochkalarni tekshirishi mumkin bo‘ladi.

8 soniya qoidasi: Endi nafaqat darvozabonlar, balki to‘pni o‘yinga kiritish (aut) va darvozadan to‘pni tepib berishda ham 8 soniyalik cheklov amal qiladi.

Tezkor almashtirish: Zaxiraga olinayotgan futbolchi maydonni 10 soniya ichida tark etishi shart. Aks holda sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin.

Qachondan kuchga kiradi?

Qoidalar odatda 1 iyundan boshlab kuchga kiradi. Bu degani, ushbu yozda AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 turniri yangi qoidalar ostidagi ilk katta musobaqa bo‘lishi mumkin!

Asosiy shart: VAR tekshiruvlari o‘yinni to‘xtatib qo‘ymasligi va sur’atni tushirmasligi kerak. Ayniqsa, burchak to‘plarini tekshirish tezkor amalga oshirilishi shart.

Kiritildi: Bugun 19:02. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!