Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, ularga huquqiy ko‘mak berildi

Fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, ularga huquqiy ko‘mak berildi

“Islohotlar zamirida aziz inson manfaati ustivor”

Avval xabar berilganidek, joriy yil 6 fevral kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi va jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida “OCHIQ ESHIK”lar kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda sudyalar, Oliy majlis Senati a’zosi va Qonunchilik palatasi deputati, tegishli mahalliy Kengashlar deputatlari, Uchtepa, Chilonzor tumanlari hokimiyati, prokuraturasi, ichki ishlar, adliya, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari, soliq inspeksiyalari, tibbiyot birlashmalari, kadastr bo‘limlari, tumanlar aholisiga kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi (elektr, gaz, issiqlik, issiq va ichimlik suv ta’minoti idoralari, tumanlar telefon tarmog‘i) korxonalar, vasiylik va homiylik organlari, FXDYO, notariuslar, “Madad” huquqiy yordam NNT, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etmoqdalar.

Tadbir, qayd etilgan ikki tuman aholisini qiynayotgan muammolar hamda ularni o‘ylantirayotgan masalalarda huquqiy ko‘mak, maslahat berish hamda ko‘pchilik murojaatchilarning talablarini inobatga olib, sudlarga murojaat qilishning ayrim yangi tartiblarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik va jinoyat prosessual qonunlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar haqidagi 2021 yil 12 yanvarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 661-son qonuni mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida tashkil etildi.

Ochiq eshiklar kunida murojaat bilan kelgan har bir fuqaroning murojaati tegishlicha qayd etilib, ularga huquqiy maslahat, ko‘mak, tushuntirish berilib, murojaatlarni vakolatli tashkilotlar bilan birga hal etildi.

Ta’kidlash joizki, bugun ijtimoiy tarmoqlarda sudlarning aholi bilan uchrashishi, aholining muhtoj qatlamiga tushuntirish va huquqiy maslahatlar berishi borasida turli fikr-mulohozalar, mushohadalar bildirilib, bu mavzu keng muhokama etilayotganligi tahsinga sazovordir.

Shu bilan birga yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan bugungi davlat siyosati, “xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilish kerak”, “davlat va hokimiyat idoralari ham islohotlar ham xalqqa xizmat qilishi lozim”, “Islohotlar zamirida aziz inson manfaati ustivor”- degan ezgu tamoyillarga asoslanishidan barchamiz xabardormiz.

Asosiy qonunimizga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘i va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi. Demak, davlat rahbari tomonidan konstitusiya asosida yuritilayotgan davlat siyosatida, xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai” ekanligi, xalqqa xizmat qilish qomusiy majburiyat sifatida qaralishi lozim.

Shu ma’noda, O‘zbekiston respublikasi Konstitusiyasiga ko‘ra, davlat fuqarolarning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlashi, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqini kafolatlashi, voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasida ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Sudlarning asosiy vazifalaridan biri esa,  aynan qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, demokratiyani, ijtimoiy adolatni, fuqarolar o‘rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlashga ko‘maklashish, qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirishdan, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olishdan iboratdir.

Shu asosda, prosessual qonunchilikda, O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga muvofiq har bir shaxsga o‘z huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish kafolatlanadi. Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga (sudga) murojaat qilishga haqliligi, sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emasligi qayd etilgan.

Ma’lumotlarga tayansak, Chilonzor tumanida 51 ta MFY, Uchtepa tumanida esa, 60 ta MFY mavjud. Ushbu MFYlari tomonidan e’tirof etilgan 6000 dan ortiq tizmili ijtimoiy himoyaga, jumladan zarur huquqiy ko‘makka ehtiyojmand qatlam mavjud.

Agarki, asosiy qonunimizga muvofiq, boshqa davlat organliri qatori sudlar ham fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga mas’ul ekan, baland parvoz gaplardan, u vazifa bizga tegishli emas degan eskicha yondashuvdan chekinib, gap qonun ustivorligi va xalq manfaatini amalda ruyobga chiqarish haqidaligiga e’tiborni qaratsak, har birimiz amaliy ishlar bilan hisob berimiz lozimligini yana bir bor e’tirof etamiz. Zero, huquqiy ko‘makka muhtoj va kerakli yuridik yordam, maslahat olishga zarurati bor aholi qatlami ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, o‘zimizning yurtdoshlarimizdir.

Sudyalar e’tirofiga ko‘ra, “Ochiq eshiklar” kuni - ushbu tadbir natijasida ana shu qatlam - aholi huquq va erkinliklarini ta’minlashda sud va boshqa idoralarning ozgina bo‘lsa ham hissasi qo‘shilsa, bundan odamlar rozi bo‘ladi degan umiddamiz.

 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

 Uchtepa tumanlararo sudi

                            

Kiritildi: 16:55 08.02.2021. O'qildi: 1794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!