Bugun 1 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Fransiyaning davlat qarzi 3,6 trillion yevroga yaqinlashib, yangi rekord o‘rnatdi

Fransiyaning davlat qarzi 3,6 trillion yevroga yaqinlashib, yangi rekord o‘rnatdi

Fransiyaning davlat qarzi 2026 yilning ikkinchi choragi yakuniga ko‘ra 3 trillion 595,5 milliard yevroga yetdi. Bu birinchi chorakdagi ko‘rsatkichdan 59,6 milliard yevroga ko‘p.

Mamlakat Milliy statistika va iqtisodiy tadqiqotlar instituti (Insee) ma’lumotlariga ko‘ra, davlat qarzining YAIMga nisbati 119 foizni tashkil qilgan.

Bu ko‘rsatkich Yevropa Ittifoqida Gresiya va Italiyadan keyingi uchinchi yuqori daraja hisoblanadi.

Fransiya davlat qarzi birinchi marta 2026 yilning birinchi choragida 3,5 trillion yevrodan oshgan edi. Mamlakat Moliya vazirligi esa 2026–2027 yillarda qarz bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatilishi mumkinligini avvalroq bildirgan.

Fransiya moliya vaziri Rolan Leskyurning aytishicha, davlat qarzini xizmat ko‘rsatish xarajatlari yiliga 65 milliard yevroni tashkil etmoqda va bu mudofaa xarajatlaridan ham yuqori.

Kiritildi: 17:15 29.09.2026. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!