Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Fransiyalik seleksionerlar "Paxtakor" va "G‘azalkent" futbolchilarini kuzatmoqda

Fransiyalik seleksionerlar "Paxtakor" va "G‘azalkent" futbolchilarini kuzatmoqda

"G‘azalkent" klubining uch nafar yosh futbolchisi faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

G‘ayrat Xasbiulining ma’lum qilishicha, Fransiyaning bir nechta klubi sport direktorlari va seleksionerlari "Paxtakor" — "Al-Nasr" uchrashuvi hamda "G‘azalkent" o‘yinlarini kuzatish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "G‘azalkent"ning uch futbolchisini Fransiya klublariga o‘tkazish masalasi deyarli hal bo‘lgan. Biroq transferlar amalga oshishi uchun ularning 18 yoshga to‘lishi kutilmoqda. Unga qadar futbolchilar Fransiyaga borib, qaytib turishi rejalashtirilgan.

"Paxtakor" futbolchilaridan birining ehtimoliy transferi bo‘yicha esa hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Kiritildi: 14:04 09.11.2026. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik