Fransiyadagi ommaviy tartibsizliklar va talonchiliklar mamlakatga katta iqtisodiy zarar etkazdi. Morningstar DBRS reyting agentligi baholashicha, etkazilgan zarar miqdori hozirning o‘zida 1,2 milliard evroga etgan bo‘lishi mumkin.
Morningstar DBRS sug‘urta bo‘limi rahbari Markos Alvaresning fikricha, zarar miqdori katta bo‘lishiga qaramay, yirik sug‘urta kompaniyalari moliyaviy yukni ko‘tara oladi.
«Agar bundan keyin zo‘ravonlik holatlari kuzatilmasa, Fransiyadagi so‘nggi tartibsizliklar yirik sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy natijalariga ta’sir ko‘rsatadi, ammo ularning kapital zaxiralariga jiddiy zarar etkazmaydi, deb hisoblaymiz», — dedi u.
Agentlik bahosiga ko‘ra, tartibsizliklar oqibatlarining yakuniy ko‘lami vaziyatning keyingi rivojlanishi va yangi zo‘ravonlik holatlari yuz berish-bermasligiga bog‘liq bo‘ladi.