Bugun 18 iyul, 2026 yil, shanba

КИР

Fransiyada Telegram asoschisi yana bir bor jinoiy ish bo‘yicha so‘roq qilindi

Fransiyada Telegram asoschisi yana bir bor jinoiy ish bo‘yicha so‘roq qilindi

Telegram asoschisi Pavel Durov 2024 yilda unga qarshi boshlangan tergov doirasida fransuz tergovchilari tomonidan yana so‘roqqa chaqirildi.

Bu haqda Agence France-Presse nashri xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Durov so‘roqqa mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da kelgan. Tergovchilar bilan suhbat olti soatdan ortiq davom etdi va bu uning ushbu tergovdagi to‘rtinchi suhbati bo‘ldi.

"Pavel Durovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilganidan deyarli ikki yil o‘tgach, ayblovlarni tasdiqlovchi hech qanday dalil yo‘q", deb ta’kidladi uning advokatlari.

Himoya tomoni shuningdek, Fransiya huquqni muhofaza qilish organlarining harakatlariga ham Fransiyada, ham Yevropa sudlarida shikoyat qilish niyatida ekanligini e’lon qildi.

Kiritildi: 10:21 09.07.2026. O'qildi: 911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!