Bugun 20 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Fransiyada namoyishlar tartibsizliklarga aylandi: Makron murojaat qildi

Fransiyada namoyishlar tartibsizliklarga aylandi: Makron murojaat qildi


Fransiyada yashash xarajatlarining oshishi va ta’lim tizimidagi muammolarga qarshi boshlangan namoyishlar ayrim shaharlarda zo‘ravonlik va talonchilik bilan davom etdi.

17 oktyabr kuni namoyishlarda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 550 mingga yaqin kishi qatnashgan, tashkilotchilar esa bu raqamni 800 mingdan ortiq deb baholagan. Keyingi kunlarda hibsga olinganlar soni 2 400 nafardan oshgani xabar qilindi.

Parij, Marsel va Lionda do‘konlar talon-toroj qilindi, binolarga zarar yetkazildi. Limoj shahridagi tarixiy shahar hokimiyati binosida ham yong‘in sodir bo‘ldi.

Prezident Emmanuel Makron zo‘ravonliklarni qoralab, tartibsizliklar va talonchilik uchun aybdorlar qonun oldida javob berishini bildirdi.

Italiya va Albaniyada ham norozilik namoyishlari va polisiya bilan to‘qnashuvlar qayd etildi.

Kiritildi: 19:14 19.10.2026. O'qildi: 476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!