Fransiya va "Arsenal" himoyachisi Uilyam Saliba ikki oy oldin olgan umurtqa pog‘onasidan jarohat olishi tufayli 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida almashtirildi.
Bu haqda RMC Sport nashri xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, 25 yoshli Saliba Ispaniyaga qarshi o‘yinning (0:2) birinchi yarmida bel og‘rig‘i tufayli maydonni tark etishga majbur bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, futbolchi Angliya Premyer-ligasi o‘yinida umurtqasidan jarohat olganidan so‘ng, ikki oy davomida ushbu jarohatdan aziyat chekkan.
2026 yilgi Jahon chempionatida Saliba og‘riq qoldiruvchi dorilar ostida o‘ynagan va Fransiya terma jamoasi tibbiy xodimlari tomonidan har kuni kuzatilgan, bu esa unga barcha jamoa mashg‘ulotlarida qatnashishga imkon bermagan.
Avvalroq fransuz futbolchisi operasiya qilinishi va uning tiklanish muddati dekabrgacha cho‘zilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Saliba 2026 yilgi Jahon chempionatida beshta o‘yinda maydonga tushgan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi "Arsenal" safida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va bitta golli uzatma bergan.