Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Fransiya hukumati norozilik namoyishlari fonida ta’lim sohasiga milliardlab mablag‘ ajratmoqda

Fransiya hukumati norozilik namoyishlari fonida ta’lim sohasiga milliardlab mablag‘ ajratmoqda

Oktyabr oyida Fransiya shaharlarida minglab yoshlar ko‘chalarga chiqdi. Ta’lim sohasida islohotlar o‘tkazishni talab qilib boshlangan bu namoyishlar keyinchalik tartibsizliklar va talon-torojliklarga aylanib ketdi. Mamlakat hukumati bunga qarshi qimmatga tushadigan murosalar bilan javob bermoqda: oliy o‘quv yurtlariga kirishning bahsli tizimi bekor qilinishi, maktab va universitetlarga katta miqdorda investisiya kiritilishi, shuningdek, yulab yangi o‘qituvchilik shtatlarini ochish va rejalashtirilgan qisqartirishlardan voz kechish rejalashtirilmoqda. Biroq bu choralar ko‘chalardagi zo‘ravonliklarga chek qo‘yadimi yoki yo‘q — hozircha noma’lum.

Gap milliardlab yevro haqida bormoqda. Faqatgina eskirgan maktablarni ta’mirlash uchun 2030 yilgacha imtiyozli kreditlar shaklida to‘rt milliard yevro ajratish ko‘zda tutilgan. Yana bir milliard yevro esa 2029 yilgacha universitetlarga yo‘naltiriladi. Shuningdek, hukumat 2028 yil kuziga borib yangi tartib bilan almashtirilishi lozim bo‘lgan, kelishmovchiliklarga sabab bo‘layotgan Parcoursup oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish tizimini bartaraf etadi. Jumladan, kelgusida abituriyentlarga qabul qilish rad etilganining sabablarini tushuntirish majburiy etib belgilanadi.

Namoyishchi maktab o‘quvchilari va talabalarning vakillari ushbu choralarni olqishladi, ammo norozilik aksiyalarini davom ettirishga chaqirdi. Shu sababli, tartibsizliklar takrorlanishi xavfi saqlanib qolmoqda: avvalroq Parij, Marsel, Lion, Bordo va Fransiyaning boshqa shaharlarida namoyishlar fondo maroderlar do‘konlarni talon-toroj qilib, o‘t qo‘yish holatlarini sodir etgan edi.

Kiritildi: Bugun 08:25. O'qildi: 326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!