Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Fransiya Yevropa Ittifoqini ilk bor Qo‘shma Shtatlarga qarshi qattiq choralar ko‘rishga chaqirmoqda. Vashington Yevropa mahsulotlariga bojlar joriy qilsa, Bryussel ham bunga javob qaytaradi.
"Evropa o‘zining “eng kuchli” iqtisodiy vositasini ishga solishga tayyorlanmoqda. Bu mexanizm qo‘llansa, AQSh kompaniyalari Yevropa bozoridan quvilishi, davlat xaridlarida qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi va ayrim intellektual mulk huquqlaridan foydalana olmasligi mumkin”, deb yozadi nashr.
Bloomberg'ning qayd etishicha, bu vosita birinchi navbatda uchinchi davlatlarning majburlovchi harakatlarini to‘xtatish va zarur bo‘lganda ularga javob qaytarish uchun ishlab chiqilgan.