Evropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotini rivojlantirish uchun aholi jamg‘armalaridan faolroq foydalanish zarurligini bildirdi.
U bu haqda 27 avgust kuni Parijda o‘tkazilgan La REF yillik biznes-konferensiyasida so‘zlagan nutqida aytdi.
"Hozirda uy xo‘jaliklarining 10 trillion yevro miqdoridagi jamg‘armalari bank depozitlarida saqlanmoqda. Shu bilan birga, yevropaliklar jamg‘armalarining katta qismi qit’amiz tashqarisiga investisiya qilinmoqda", — dedi fon der Lyayen.
Evropa komissiyasi rahbarining bu tashabbusi Fransiyaning o‘ng qanotdagi "Patriotlar" partiyasi yetakchisi Florian Filippo tomonidan tanqid qilindi.
U X ijtimoiy tarmog‘ida jamg‘armalar "Evropa"ga emas, balki fuqarolarning o‘ziga tegishli ekanini ta’kidladi.
"Yo‘q, Ursula fon der Lyayen, jamg‘armalar "Evropa"da emas, odamlarda bor! Bu mablag‘lar odamlarga tegishli", — deb yozdi Filippo.