Flydubai samolyoti bortida yo‘lovchi sifatida uchgan Ukraina va Rossiya fuqarolari samolyotni xavfsiz qo‘ndirishga yordam bergani aytilmoqda. Israel Hayom nashriga ko‘ra, ular qo‘shimcha ekipaj a’zolari bo‘lib, kokpitga kirib, boshqaruvni o‘z qo‘liga olgan va samolyotni Saudiya Arabistonida qo‘ndirgan.
Ma’lumot rasmiy tasdiqlanmagan. Hodisa bo‘yicha Isroil tomoni Eronning ehtimoliy aloqadorligi versiyasini ham tekshirmoqda.
Isroil ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, ikkinchi pilot komandirga pichoq bilan tashlangan paytda «Allohu akbar» deb baqirgan.
Isroil Transport vazirligi tergov yakunlanguniga qadar Flydubai’ning Tel-Avivga reyslarini to‘xtatishni talab qilgan.