Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Florentino Peresning «maxfiy» rejasi fosh bo‘ldi

Florentino Peresning «maxfiy» rejasi fosh bo‘ldi

Evropa Superligasi loyihasi amalga oshmaydigan bo‘ldi – kecha «Real Madrid» bu borada rasmiy bayonot berdi. «The Touchline» nashrining xabariga ko‘ra, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres aslida Superliga hech qachon tashkil etilmasligini juda yaxshi tushungan. «Barselona»ning sobiq rahbari Joan Laporta va «PSJ» xo‘jayini Nasser Al-Xelayfiy ham shunday fikrda bo‘lishgan.

Ta’kidlanishicha, Superliga loyihasidan ko‘zlangan asosiy maqsad — UYEFAni Chempionlar ligasining yangi tizimini joriy etishga majbur qilish bo‘lgan. Bu tizimda top-o‘yinlar soni ko‘proq bo‘lishi va klublarning daromadlari sezilarli darajada oshishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Joan Laporta yaqinda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun «Barselona» prezidenti lavozimidan iste’foga chiqdi.

Kiritildi: 23:44 12.02.2026. O'qildi: 299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!