«Real» prezidentligiga nomzod Florentino Peres ertaga Madrid klubining yirik transferi haqida ma’lum qilishini bildirdi.
«Shu payshanba kuni men «Real»ning kelasi mavsum uchun ilk shov-shuvli transferini e’lon qilaman. Barcha mening sport loyiham nimadan iboratligini biladi: tarkibda eng yaxshi o‘yinchilarni jamlash va g‘alaba qozonishda davom etish», — dedi Peres El Español nashriga bergan intervyusida.
Peres 2009 yildan beri «Real»ga rahbarlik qilib kelmoqda. Undan oldin esa klubni 2000 yildan 2006 yilgacha boshqargan.