Bugun 16 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Flik: "U "Barselona"da superyulduzga aylanadi"

Flik: "U "Barselona"da superyulduzga aylanadi"

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Gavi haqida fikr bildirdi.

Futbolchi mart oyidagi yig‘inga Ispaniya terma jamoasidan chaqiruv olmagani ma’lum bo‘lgandi.

"Men barcha o‘yinchilar bilan gaplashaman. Gavi og‘ir jarohat tufayli uzoq vaqt o‘ynamadi va uning tiklanishi uchun vaqt kerak bo‘ldi. U eng yaxshi futbolchilardan biri, uning ahvoli yaxshi. U uzoq yillar "Barselona"da o‘ynaydi va bu yerda superyulduzga aylanadi. U yaxshilanishi mumkin va yaxshilanadi ham. U albatta jahon chempionatiga boradi," - dedi Flik matbuot anjumanida.

Kiritildi: 22:23 15.03.2025. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!