"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Real"ga qarshi "el-klasiko" oldidan raqibning standart vaziyatlardagi ustunligi haqida gapirdi.
"Bu "Real"ning kuchli tomoni. Ular standart vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha eng yaxshi jamoalardan biri. Bugun buni muhokama qildik va tayyorgarlik ko‘rdik. Parijdagi o‘yindagidan yaxshiroq himoyalanishimiz kerak", — dedi Flik.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" hafta o‘rtasida Chempionlar ligasida "PSJ"ga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgan.
"Barselona" — "Real" uchrashuvi 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.