Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Flik «Barselona»ning «PSJ»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati sabablarini aytdi

Flik «Barselona»ning «PSJ»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati sabablarini aytdi

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining Chempionlar ligasi umumiy bosqich 2-turida «PSJ» (1:2)ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatini izohladi.

«35-daqiqadan keyin «PSJ» o‘yinni yaxshiroq nazorat qildi. Ayrim futbolchilarimiz juda charchagan edi — Pedri, Frenki… Lekin barchasi o‘zini o‘yinga to‘liq berdi. Hisob 1:1 bo‘lganida himoyani yaxshiroq tashkil etish kerak edi. O‘rganish va rivojlanish zarur. Ikkinchi bo‘limda bizda yetarli tashkilotchilik yo‘q edi. Shug‘ullanish va o‘yinimizni takomillashtirish kerak — bunday o‘yinlar olg‘a siljishga yordam beradi. 90 daqiqa davomida barqaror o‘ynash muhim: butun jamoa ham himoyalanishi, ham hujum qilishi, to‘p bilan yuqori darajada muomala qilish, bo‘sh zonalardan foydalanish, to‘p nazoratida qatnashish zarur. «PSJ» safida esa maydondan qanday foydalanishni biladigan futbolchilar bor. Biz ulardan ko‘p narsani o‘rganishimiz mumkin», — deb Flikning so‘zlarini "Marca" keltirdi.

Keyingi turda kataloniyaliklar «Olimpiakos» bilan uchrashadi. Fransiya klubi esa Germaniyaning «Bayer»iga qarshi maydonga tushadi. Har ikki o‘yin ham 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:26 02.10.2025. O'qildi: 921 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!