Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi nomi e’lon qilindi

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi nomi e’lon qilindi

2026 yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Frensis Xalsenga «IceCube neytrino observatoriyasiga qo‘shgan hal qiluvchi hissasi va astrofizik kelib chiqishi yuqori energiyali neytrinolarni kashf etgani uchun» berildi. Bu haqda Nobel qo‘mitasi veb-saytida e’lon qilindi.

Boshqa nomzodlarning ismlari oshkor qilinmayapti; nominasiyalar va tanlov jarayoni haqidagi ma’lumotlar mukofot topshirilganidan atigi 50 yil o‘tgach e’lon qilinadi.

2026 yilda Nobel mukofoti o‘zining 125 yilligini nishonlaydi. 1901 yildan 2025 yilgacha mukofot 633 marta 1026 nafar shaxs va tashkilotga topshirildi.

Yubiley yilida Nobel jamg‘armasi mukofot jamg‘armasini 1 million kronga oshirib, 12 million kronga (taxminan 1,2 million dollar) yetkazdi.

Avvalroq 2026 yilgi fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari ma’lum bo‘lgandi. Mukofot Germaniya va AQSh olimlari Karl Deysserot, Peter Hegemann va Georg Nagelga yorug‘likka sezgir ion kanallari va optogenetika sohasidagi kashfiyotlari uchun berildi.

Kiritildi: 15:57 06.10.2026. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!