Fitch Ratings “O‘zbektelekom” AKning uzoq muddatli kredit reytingi bo‘yicha prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi hamda kompaniya reytingini ‘BB’ darajasida tasdiqladi.
Ijobiy prognozli kredit reytingi kompaniya uchun yangi imkoniyatlar yaratadi:
– xalqaro bozorlarda mablag‘ jalb qilish uchun yanada qulay shartlar;
– investorlar, hamkorlar va kreditorlar ishonchining oshishi;
– telekommunikasiya sohasida ishonchli ishtirokchi sifatidagi obro‘ning mustahkamlanishi;
– yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha salohiyat.