Finlyandiya uchun mo‘ljallangan dastlabki F-35A qiruvchi samolyotlari mamlakatga yo‘l oldi. Ular Laplandiyadagi Rovaniyemi aviabazasiga yetkazilishi kutilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, uchta F-35A 15 sentyabr kuni AQShning Texas shtatidagi Fort-Uertdan Azor orollariga uchib o‘tgan va keyin Finlyandiya tomon harakatlanishi rejalashtirilgan.
Finlyandiya Harbiy-havo kuchlari samolyotlar mamlakatga yetib kelmaguncha ularning harakati haqidagi ma’lumotni rasman tasdiqlamasligini bildirgan.
Avvalgi rasmiy rejaga ko‘ra, Finlyandiyaning birinchi F-35A qiruvchilari 2026 yil kuzida Laplandiya aviaqanoti ixtiyoriga kelib tushishi belgilangan edi.