Bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 11 barobarga ko‘p, deb yozmoqda Financial Times.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQSh razvedkasi Ukrainaga Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlarini xaritalash, uchish yo‘nalishlarini rejalashtirish va zarbalar natijalarini baholashda yordam bermoqda. Bu esa uchuvchisiz apparatlarga mudofaa tizimlarini chetlab o‘tish va ta’mirlangan ob’ektlarga takroriy zarba berish imkonini bergan.
Qayd etilishicha, 2026 yil may oyida bir oy ichida 16 ta neftni qayta ishlash zavodiga muvaffaqiyatli zarba berilgani qayd etilgan.
Financial Times baholashicha, ushbu kampaniya ayrim davrlarda Rossiyaning neftni qayta ishlash quvvatining 20–40 foizini ishdan chiqargan, ichki yoqilg‘i tanqisligi va eksport cheklovlariga sabab bo‘lgan, shuningdek, Rossiyani boshqa yo‘nalishlardan havo hujumidan mudofaa vositalarini ko‘chirishga majbur qilgan.