Filippin janubida sodir bo‘lgan 7,8 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar 37 nafarga yetdi.
Bu haqda mahalliy GMA News telekanali xabar bermoqda.
Mamlakat Fuqarolik mudofaasi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 456 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan, to‘rt kishi esa bedarak yo‘qolgan.
Mahalliy hokimiyat Mindanao orolida taxminan 1900 ta inshoot, jumladan, ta’lim muassasalari, tibbiyot muassasalari va turar-joy binolari shikastlanganini xabar qilmoqda. Ulardan taxminan 1500 tasi ofat natijasida butunlay vayron bo‘lgan. General Santosdagi xalqaro ayeroport ham zilzilalar tufayli zarar ko‘rgan, bu esa reyslarning bekor qilinishiga olib kelgan.
Filippin fuqarolik aviasiyasi boshqarmasi harbiy, hukumat va gumanitar samolyotlarga ayeroportdan qutqaruv va yordam operasiyalari uchun foydalanishga ruxsat berdi. General Santosda favqulodda holat e’lon qilindi.