Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

FIFA yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazmoqda

FIFA yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazmoqda

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketganini aniqlashga yordam beradigan yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazmoqda, deb yozadi BBC.

Out of Bounds deb nomlangan innovasiya 2025 yil dekabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tgan Qit’alararo kubokning uchta o‘yinida sinovdan o‘tgan texnologiyalar seriyasidan biri bo‘ldi.

FIFA, shuningdek, ko‘rish chizig‘ini hisobga olgan holda ofsayd qarorlarni tezlashtirish va tushunarliroq qilish uchun real vaqt rejimida 3D rekonstruksiya qilish imkoniyatlarini kengaytirdi.

Yangi texnologiyalar FIFA va Hawk-Eye Innovations tomonidan ishlab chiqilgan. Ular milliy ligalarga taqdim etilishi hozircha noma’lum.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!