Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

FIFA yana bir o‘zbek klubiga transfer taqiqini qo‘ydi

FIFA yana bir o‘zbek klubiga transfer taqiqini qo‘ydi

Superliga klublarida qarzdordik bilan bog‘liq muammolar hali to‘liq yechilmagan.

FIFA Namanganning "Navbahor" klubiga transfer taqiqini qo‘ydi. Bunga sabab esa o‘tgan mavsum jamoada harakat qilgan eronlik yarim himoyachi Siyavash Haqnazari bilan bog‘liq qarzdorlikdir. Klub futbolchining moliyaviy talablarini bajarmagan. Tashkilot klubga 11 mart kuni mazkur jazoni qo‘llagan.

Ma’lumot uchun, Haqnazari 2024 yil Superligada "lochinlar" safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib 5 ta gol, 2 ta assist qayd etgan. U ayni paytda Eronning "Nassaji Mazandaran" klubida to‘p tepmoqda.

Kiritildi: 11:58 16.03.2025. O'qildi: 567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!