Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

FIFA Vinisius va Prestianni mojarosi sabab yangi qoidaga asos soladi

FIFA Vinisius va Prestianni mojarosi sabab yangi qoidaga asos soladi

«Benfika» va «Real» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvida yuz bergan mojaro yangi qoida joriy etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumki, «Real» hujumchisi Vinisius Junior «Benfika» a’zosi Janluka Prestiannini irqchilik negizida haqorat qilishda aybladi. Argentinalik futbolchi bu ayblovlarni rad etmoqda. UYEFA tergov boshlagan, biroq vaziyatga oydinlik kiritish qiyin kechadi, chunki Prestianni gapirayotganda og‘zini libosi (futbolkasi) bilan yopib olgan edi.

Sky Sports xabariga ko‘ra, FIFAda «Prestianni qoidasi» deb nomlanishi mumkin bo‘lgan taklif muhokama qilinadi. Gap shundaki, ushbu qoidaga ko‘ra, futbolchilar o‘zaro gaplashayotganda og‘zini to‘sib olsalar, ularga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin.

Kiritildi: 23:08 19.02.2026. O'qildi: 208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!