AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan jahon chempionatining finalida Ispaniya terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Final bahsida ispanlar qo‘shimcha bo‘limlarda Argentinani mag‘lub etishdi — 1:0. Uchrashuvdagi yagona golni 106-daqiqada Niko Uilyamsning uzatmasidan so‘ng zaxiradan maydonga tushgan Ferran Torres kiritdi. Har ikkala futbolchi ham o‘yin davomida zaxiradan maydonga qo‘shilgan edi.
Ispaniya o‘z tarixida ikkinchi marotaba jahon chempionati g‘olibiga ayndi (ilk bor 2010 yilda g‘alaba qozongan) va sovrinlar soni bo‘yicha Fransiya hamda Urugvayga tenglashib oldi. Hozirda faqatgina Braziliya (5 ta g‘alaba), Germaniya (4), Italiya (4) va Argentina (3) ispanlardan oldinda bormoqda.
Argentina esa o‘z tarixida to‘rtinchi bor mundialning hal qiluvchi bahsida mag‘lubiyatga uchradi.
JCH-2026, FINAL
Ispaniya – Argentina 1:0
Bosh hakam – Slavko Vinchich (Sloveniya)
Gol: 1:0 – 106, Ferran Torres (Niko Uilyams)
Ispaniya: 23. Unai Simon, 8. Fabian Ruis (20. Pedri, 62), 10. Dani Olmo (6. Mikel Merino, 75), 12. Pedro Porro, 14. Emerik Lyaport (4. Erik Garsiya, 99), 15. Aleks Baena (17. Niko Uilyams, 75), 16. Rodri (18. Martin Subimendi, 99), 19. Lamin Yamal, 21. Mikel Oyarsabal (7. Ferran Torres, 62), 22. Pau Kubarsi, 24. Mark Kukurelya.
Argentina: 23. Emiliano Martines, 3. Nikolas Talyafiko, 4. Gonsalo Montiel (26. Nauel Molina, 58), 6. Lisandro Martines (19. Nikolas Otamendi, 44), 7. Rodrigo De Paul (17. Juliano Simeone, 70), 9. Xulian Alvares (2. Markos Senesi, 102), 10. Lionel Messi, 13. Kristian Romero (25. Fakundo Medina, 70), 15. Niko Gonsales (5. Leandro Paredes, 46), 20. Aleksis Mak Allister, 24. Enso Fernandes.
Ogohlantirishlar: Lisandro Martines (41), Leandro Paredes (52), Enso Fernandes (82), Aleksis Mak Allister (112)
Chetlatish: Enso Fernandes (90+3, ikkinchi ogohlantirish)