Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

FIFA prezidenti O‘zbekiston va Ozarbayjon mezbonligidagi JCH-2027 haqida bayonot berdi

FIFA prezidenti O‘zbekiston va Ozarbayjon mezbonligidagi JCH-2027 haqida bayonot berdi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston va Ozarbayjon mezbonlik qiladigan 2027 yilgi U-20 jahon chempionatining o‘tkazilish sanalarini e’lon qildi.

Xalqaro futbol tashkiloti rahbari ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida musobaqa 2027 yilning 17 sentyabridan 9 oktyabriga qadar davom etishini ma’lum qildi.

«2027 yilgi FIFA U-20 jahon chempionati 17 sentyabrdan 9 oktyabrgacha bo‘lib o‘tishini e’lon qilishdan mamnunman!

Ozarbayjon va O‘zbekiston dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilarini mezbon sifatida kutib olishga tayyor», — dedi Infantino.

Shuningdek, FIFA prezidenti bo‘lajak jahon chempionatida qatnashadigan barcha jamoalarga muvaffaqiyat tiladi.

Kiritildi: 14:41 23.10.2026. O'qildi: 685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!