Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

FIFA prezidenti Jahon chempionati yo‘llanmasi bilan tabrikladi

FIFA prezidenti Jahon chempionati yo‘llanmasi bilan tabrikladi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonni FIFA Jahon chempionati yo‘llanmasi bilan tabrikladi.

"O‘zbekiston, FIFA Jahon chempionatiga xush kelibsiz! Sizni 2026 yilda Kanada, Meksika va AQShda bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionati tarixiy yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin dildan tabriklayman!

O‘zbekiston FIFAga 1994 yilda a’zo bo‘lganidan buyon Olimpiada o‘yinlari, yoshlar o‘rtasidagi bir nechta FIFA musobaqalarida ishtirok etib, munosib natijalar ko‘rsatib kelmoqda. Endi esa ajoyib saralash bosqichidan so‘ng sizlar haqli ravishda kelasi yozda o‘tkaziladigan mundialda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldingiz. Dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar “Oq bo‘rilar”ning jahon sahnasidagi debyutini intiqlik bilan kutishmoqda" — deyiladi tabrikda.

Kiritildi: 08:00 06.06.2025. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!