Bugun 6 mart, 2026 yil, juma

КИР

FIFA JCh o‘yinlarida har bir taymda 3 daqiqalik tanaffus beradi

FIFA JCh o‘yinlarida har bir taymda 3 daqiqalik tanaffus beradi

Kelayotgan yozda AQSH, Meksika va Kanada futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Mezbon mamlakatlardagi iqlim xususiyatlari (issiq havo) tufayli, har bir taym o‘rtasida uch daqiqalik mini-tanaffus joriy etiladi. Ushbu tanaffus vaqtida futbolchilar suv ichishlari va biroz dam olishlari mumkin bo‘ladi. Shu tariqa, FIFA sportchilarning salomatligini himoya qilishni maqsad qilgan.

The Athletic nashrining xabar berishicha, FIFA telekanallarga ushbu mini-tanaffuslar vaqtida translyasiyani to‘xtatib, reklama ko‘rsatishga ruxsat beradi.

Jahon kubogini ushbu mundialda Argentina terma jamoasi himoya qiladi. JCH-2026 guruh bosqichida «albiseleste» Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 23:48 05.03.2026. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!