Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

FIFA matbuot xizmati 2026 yilgi jahon chempionati qur’asi natijalaridan keyin Instagram orqali O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi.

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA)ning Instagram sahifasida O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchilariga savol yo‘llangan maxsus post joylandi. Bu terma jamoaning tarixda birinchi bor jahon chempionatiga chiqishi munosabati bilan e’lon qilindi.

«Salom, O‘zbekiston! FIFA jahon chempionati qur’asida ilk bor ishtirok etganingizdan so‘ng o‘zingizni qanday his qilyapsiz?», — deya berilgan savol.

«A’lo! Bizni oldinda ajoyib o‘yinlar kutyapti. Jahon chempionatiga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rib, o‘zbek muxlislarimizni xatti-harakatlarimiz bilan xursand qilishga umid qilamiz», — deyiladi O‘zbekiston jamoasi nomidan bildirilgan javobda.

Ma’lumot uchun, qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston K guruhiga tushdi. U yerda jamoa Portugaliya, Kolumbiya va saralash pley-off bosqichi g‘oliblaridan biriga qarshi maydonga tushadi. Bu raqib keyinroq aniq bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 09:07. O'qildi: 642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!