Xalqaro futbol federasiyalari assosiasiyasi (FIFA) Ebola bezgagi tarqalishi haqidagi ma’lumotlar fonida, 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan Kongo Demokratik Respublikasi futbol federasiyasi (FECOFA) bilan aloqada bo‘lib turganini ma’lum qildi.
«FIFA Ebola kasalligi avj olishi bilan bog‘liq vaziyatdan xabardor va jamoaning barcha xavfsizlik tavsiyalaridan boxabar bo‘lishini ta’minlash uchun FECOFA bilan yaqin aloqada bo‘lgan holda jarayonni kuzatib bormoqda. FIFA turnirning xavfsiz o‘tishini ta’minlash maqsadida Jahon chempionatiga mezbonlik qiluvchi uchchala davlat, shuningdek, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikni davom ettirmoqda, chunki barcha ishtirokchilarning sog‘lig‘i FIFA uchun ustuvor vazifa bo‘lib qoladi», — deyiladi FIFAning TASS agentligi Reuters'ga tayanib keltirgan bayonotida.
Avvalroq Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Kongo DR va Ugandadagi Ebola epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb tan olgan edi.