Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

FIFA AQSh terma jamoasi hujumchisi borasida butun dunyoga sharmanda bo‘ldi

FIFA AQSh terma jamoasi hujumchisi borasida butun dunyoga sharmanda bo‘ldi

FIFA Tartib-intizom qo‘mitasi AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning JCH-2026 1/16 finalidan o‘rin olgan Bosniya va Gersegovinaga (2:0) qarshi bahsdagi qizil kartochkasi uchun berilgan bir o‘yinlik diskvalifikasiyasini vaqtincha to‘xtatdi. Shu tariqa, u JCH-2026 1/8 finali doirasida Belgiya milliy jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda ishtirok eta oladigan bo‘ldi.

«Intizom kodeksining 27-moddasiga muvofiq, AQSh terma jamoasi futbolchisi Folarin Balogunning avtomatik diskvalifikasiyasini ijro etish bir yillik sinov muddatiga to‘xtatildi», — deyiladi FIFA rasmiy saytida berilgan xabarda.

Avvalroq matbuotda amerikalik hujumchi bosniyalik Tarik Muxaremovichning to‘pig‘ini bosib olgani uchun bir nechta o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 08:31 06.07.2026. O'qildi: 9992 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!