Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

FIFA 2034 yilgi Jahon chempionatini 2035 yil yanvar oyiga ko‘chirishi mumkin

FIFA 2034 yilgi Jahon chempionatini 2035 yil yanvar oyiga ko‘chirishi mumkin

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) 2034 yilda Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Jahon chempionatini 2035 yil yanvar oyiga ko‘chirishi mumkin. Bu qaror 2034 yil noyabr–dekabr oylariga to‘g‘ri keladigan muqaddas Ramazon oyi bilan bog‘liq, deb xabar bermoqda The Athletic.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, chempionatni yozda o‘tkazishning iloji yo‘q, chunki Saudiya Arabistonida bu vaqtda havo harorati +52°C gacha ko‘tariladi.

Shunday qilib, JCH–2034 qishda o‘tkaziladigan ikkinchi musobaqa va tarixda ilk bor toq yilda tashkil etiladigan jahon chempionati bo‘ladi. Birinchi “qishki” jahon chempionati 2022 yili Qatarda bo‘lib o‘tgan edi.

Kiritildi: 07:00 10.10.2025. O'qildi: 1165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!