Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Jahon chempionati-2026 mezboni O‘zbekistonga 50 ming dollar taklif qildi

Jahon chempionati-2026 mezboni O‘zbekistonga 50 ming dollar taklif qildi

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida bir qator jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirmoqda. “Daryo” manbalariga ko‘ra, Kanada futbol assosiasiyasi O‘zbekiston bilan sparring o‘yini tashkil qilish taklifi bilan chiqqan. Shimoliy Amerika jamoasi bu bahsni o‘tkazish uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga 50 ming dollar taklif qilgani aytilmoqda.

Unga ko‘ra, o‘yin borasida tomonlar kelishuvga erishgan. Avvalroq O‘zbekiston futbol assosiasiyasi terma jamoalar bo‘limining sobiq rahbari Sherzod Igamberdiyev 2026 yil 1 iyunda Jahon chempionati mezbonlaridan biri bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha kelishuv bo‘lganini ma’lum qilgandi. “Daryo” manbasining qayd etishicha, mazkur raqib — Kanada.

Shu bilan birga, O‘zbekiston mart oyida Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgandi. Hatto O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Ravshan Ermatovning sobiq FIFA hakami, hozirda Portugaliya futbol federasiyasi prezidenti bo‘lib ishlayotgan Pedro Proensa bilan muloqot qilgani aytilgandi.

Ammo 5 dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan qur’ada O‘zbekiston va Portugaliya bir guruhdan joy oldi. Bu esa Jahon chempionati oldidan ikki jamoa o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lmasligini anglatadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi uchrashuvlarini Meksika hamda AQSh maydonlarida o‘tkazishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, “oq bo‘rilar” ilk turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushsa, ikkinchi turda Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya bilan o‘ynaydi. Kannavaro jamoasi oxirgi turda Kongo/Yamayka/Yangi Kaledoniya o‘rtasidagi uchrashuvlar g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: Bugun 14:52. O'qildi: 670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!